Вторник, 26.03.2019, 07:46
Приветствую Вас Гость | RSS

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 56
Статистика

Онлайн всего: 21
Гостей: 21
Пользователей: 0
Главная » 2019 » Январь » 11 » 100 Ming so'mlik pul qachon momilaga kiritilishi ma/lum bo'ldi
18:08
100 Ming so'mlik pul qachon momilaga kiritilishi ma/lum bo'ldi

O‘zbekistonda yirik miqdordagi yangi banknota bahor mavsumida chiqarilishi mumkin.
Ayrim internet nashrlarda O‘zbekiston Markaziy banki yaqin vaqt ichida 100 ming so‘mlik yangi banknotlarni muomalaga chiqarishi haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi.

Ushbu xabarlarda aytilishicha, yangi 100 ming so‘mlik banknota Navro‘z bayrami oldidan muomalaga chiqariladi.
Ushbu ma’lumotga oydinlik kiritish maqsadida Markaziy bank bilan bog‘lanildi.

“Yirik miqdordagi banknota chiqarilishi haqida ilgari ham xabar bergandik. Yangi banknotalar chiqarilishi haqida texnik topshiriqlar ishlab chiqarilgan. Hozirgi vaqtda ish olib borilmoqda. Biroq, banknota muomalaga chiqishi bo‘yicha aniq sana belgilanmagan”, – deb ma’lum qildi Markaziy bank matbuot xizmati vakili.

Markaziy bankdagi boshqa manbaaning ma’lumotiga ko‘ra, yangi banknota Navro‘zga chiqarilishi kerak. Hozir dizayn va chop etishga ruxsat kutilmoqda. Biroq hozircha aniq sana noma’lum. Bu 1 mart, 21 mart yoki 1 aprel ham bo‘lishi mumkin.

 


Ushbu ma'lumot www.zamin.uz saytidan olindi
Категория: Yurtimiz yangiliklari | Просмотров: 391 | Добавил: ADMIN | Теги: O‘zbekistonda yirik miqdordagi yang | Рейтинг: 5.0/7
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Январь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031

Copyright MyCorp © 2019